Dorixonalar uchun raqamli markirovkalash tizimi boʻyicha onlayn muloqot oʻtkazildi

22.02.2025 219

Dorixonalar uchun raqamli markirovkalash tizimi boʻyicha onlayn muloqot oʻtkazildi

 

Joriy yil 21-fevral kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Soliq qoʻmitasi va "Asl Belgisi" milliy axborot tizimi operatori "CRPT TURON" MCHJ hamkorligida dorixonalarda dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimini joriy etishda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizdagi 300 ga yaqin dorixonalar rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

 

Onlayn muloqot davomida mutaxassislar tomonidan dori vositalarini raqamli markirovkalash qoidalari va ularga amal qilish tartibi boʻyicha batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, mazkur tizimni joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan savollar, muammolar va ularning amaliy yechimlari boʻyicha fikr almashildi.